Shu yili yozda oilamiz bilan (2 ta bola bilan) dengizga bordik

Shu yili yozda oilamiz bilan (2 ta bola bilan) dengizga bordik - uz

Safarda o’g’limning (1,3 yosh) birinchi sut tishlari chiqishi boshlandi, birdaniga 3 ta! Shu sababdan immuniteti tushib ketgan bo’lsa kerak, bolamning tezda ichagi buzildi. Infeksiyaligini birdan payqamadik, alomatlari oddiy tish chiqishidek ko’rindi: ich ketishi, isitma chiqishi. Ikkinchi kuni tish emasligini payqadim: axlati yashil rangda keldi, shilliq aralash bo‘ldi, isitmasi tushmadi. Shifokorni chaqirdim, u probiotiklar va sorbentlarni berishni buyurdi (izoh: savdo belgisi o‘chirildi), ularni uch kun ichdik, ammo ular uncha ta’sir qilmadi. Natijada men o‘zim internetdan Stopdiar haqida o’qidim va nifuroksazid suspenziyasi haqida bilib oldim (izoh: savdo belgisi o‘chirildi), erimdan shulardan birini olib kelishlarini iltimos qildim. Erim Stopdiar olib keldilar, uni bolaga berishni boshladim, kechki paytga kelib, xushchaqchaq bo’lib o’ynashni boshladi! Ikkinchi kundan boshlab axlati quyuqlashdi, uchinchi kuni ertalabdan me’yoriga qaytdi. Har ehtimolga qarshi baribir 5 kun davolandik. Asosiy xususiyatlari: ichidan ikki tomonli qoshiq chiqdi (faqat o‘g‘lim uni uchinchi kuni sindirib qo‘ydi)))) ammo u bilan juda qulay edi. Suyuqlikning o‘zi sariq rangda, hidi va ta’mi yoqimli, o’g’lim maza qilib ichdi. Masalan, Smektani majburlab ichirish kerak bo’lardi. Umuman olganda men bu doridan mamnunman.