Bir maza qilamiz, deb dengiz mahsulotlaridan salat buyurdik (men aynan shu salatdan ko‘rdim). Yo dengiz mahsulotlarining o’zi uncha sara bo’lmagan, yoki noto’g’ri tayyorlashgan, bilmadim, lekin tunda erimning qorni og’rishni boshladi, ertalab esa hammasi birga keldi — qayt qilish, hojatxona… va hokazo. Men ham o‘zimni ertalab yomon xis qila boshladim, aptechkada esa faqat loperamid va ikkita paket sorbent bor edi. Ikkalamiz ichdik, diareya ikki soatga to’xtadi, ammo qayt qilishda to’xtamadik. Keyin yana diareya boshlandi, yana o’zimizni yomon his qilishni boshladik. Infeksion kasalxonaga tushib qolamiz, deb qo’rqdim. Dugonamni chaqirdim, u dorixonadan Stopdiar, sorbent va suvning o‘rnini qoplash uchun vitaminlar bilan yana qandaydir eritmalarni ichishni tavsiya qilishgan ekan, shularni olib keldi. Hammasini birga ichdik, va mo’jiza ro’y berdi! Kechka kelib ahvolim ancha yaxshilandi, holsizlik hissi hali bor edi, ammo “hojatlar” ham hali to‘xtamagan edi. Ertasi kuni “hojat” ham yaxshilandi, yana bir kun salgina lohas bo’ldik. Bunday og’ir holatda shunday natija berganidan juda xursand bo’ldim (menda oldin bunchalar og’ir kechmagandi), juda tez yordam berdi. Hammasini birgalikda ichganimiz yordam berdi, deb o’ylayman.