ABC1131 Slot Dana Gacorakun game server filipinateknik mahjong ways 2ciri akun game gacor calon maxwinakun gacor princessakun gacor mahjong1913 mahjong cepat kaya1914 mahjong menang besar1915 mahjong spin sekali1916 mahjong kok jadi ginijalan menuju jackpot mahjong wins 3sensasi cuan ngalir mahjong winskemenangan terbukti jelas mahjong ways 2pola kemenangan rahasia mahjong ways 2kemenangan menantimu di mahjong ways dan mahjong wins 3jalan pintas menang spektakuler mahjong ways 3mesin cetak cuan mahjong winsgame seru cuan tumpah mahjong wins 3main mahjong wins black scatterkekuatan dadu mahjong ways 2main mahjong dompet makin beratcuan ngalir tanpa henti mahjong ways 2jackpot menggoda mahjong wayspanen cuan beruntun mahjong ways 2kisah fahmi trik sweet bonanza rutin kirim uang orang tuaformula pola spiral mahjong ways 2 perkalian x2000algoritma mahjong ways ramadan lebih stabil dan gacorheylink macauklubheylink asiaklubheylink hksbetheylink kapten76heylink mpoxoheylink garuda76garuda76asiaklubmacauklubrawit303amp rawit303ABC1131mpoxlABC1131 AMP

Диарея: стоит ли ее бояться? - Узбекистан

Diareya haqida
Diareya keng tarqalgan kasallik bo‘lsa-da, u hammaga birdek ta'sir o‘tkazmaydi. Ayrim odamlarda bu kasallikka chalinish xavfi yuqoriroq va ularni davolashda alohida e'tibor hamda har xil yondashuv qo‘llanilishi lozim bo‘ladi
Diareya keng tarqalgan kasallikdir, ammo u har kimga har xil ta'sir qiladi.

Diareya: undan qo’rqish kerakmi?

Diareya, yoki ich ketishi — juda keng tarqalgan, ozmi-ko’pmi hayoti davomida har bir inson duch keladigan holat. Ko’pincha diareyaga (ayniqsa kattalar haqida gapirsak) juda yengil munosabatda bo’lishadi: “Ha, ozgina och qorin bilan yuraman, o’zi o’tib ketadi. Nima ham bo’lardi?”, kabi xayol bo’ladi.

Haqiqatdan ham — diareyaning qo’rqinchli tomoni nimada? Rostdan ham u inson uchun xavflimi yoki bu shunchaki e’tiborga olish uchun loyiq bo’lmagan, o’zi o’tib ketadigan yoqimsiz holatmi?

Диарея

Degidratsiya, yoki suvsizlanish

Organizm suvsizlanishi — faol va uzoq kechadigan diareya yuzaga kelishida ko’pincha ro’y beradigan holat. Normal holatda insonning barcha to’qimalarida suyuqlik bo’ladi; hatto eng zich to’qima (tish emali)da ham suyuqlik miqdori 0.2% tashkil etadi. Umuman olganda bola organizmida 80% gacha, kattalarda — 60% gacha suyuqlikdan iborat bo’ladi. Suvsizlanishda suyuqlik organizmdan chiqib ketadi, qon quyuqlashadi (qon aylanishi yomonlashadi), yurak va buyraklar zo’riqadi, arterial qon bosim tushib ketadi, barcha asosiy jarayonlar buziladi, shu jumladan shundoq ham diareyadan aziyat chekadigan hazm qilish jarayoni ham. Suvsizlanishning dastlabki bosqichda inson vazni 3-5% ga kamayadi, o’rtacha og’irlikda suvsizlanish kuzatilsa, vazn 7% gacha kamayishi mumkin. Qattiq suvsizlanishda va 9% dan ortiq vazn yo’qotgan insonga statsionar sharoitda tez tibbiy yordam ko’rsatish kerak bo’ladi.

Gipovolemik shok

O’tkir diareya paytida, axlat suv ko’rinishida sutkasiga 10-15 marta va undan ko’p bo’lsa, organizmdagi suyuqlik va qon miqdori tezda tushib ketishi sababli gipovolemik shok yuz berishi mumkin. Ham salomatlik, ham hayot uchun xavfli holatning rivojlanib borishida yurak-qon tomir tizimi aziyat chekadi, tomirlardan yurakka qon borish oqimi yomonlashadi, buning natijasida inson organizmidagi turli to’qimalarda gipoksiya (kislorod tanqisligi) yuzaga keladi. Yurak va miyani qon va kislorod bilan ta’minlash uchun organizm kompensator mexanizmlarni faollashtiradi, shu bilan boshqa ichki organlarda — buyrak, jigar, oshqozon osti bezi va ichakdan, mushak to’qimalarida ham qon aylanishini kamaytiradi. Gipovolemik shokning rivojlanishi tezkor reanimatsion yordamni talab qiladi.

Organizmning umumiy intoksikatsiyasi

Odatda diareyaning rivojlanishi bakteriya, virus yoki zamburug’ infeksiyasi bilan bog’liq bo’ladi. Uzoq kechadigan diareya organizmdagi umumiy intoksikatsiya bilan birga kuzatiladi. Kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar ichakka o’rnashib, ko’payib boradi, o’z faoliyatining natijasidagi mahsulotlar bilan organizmni zaharlaydi. Diareya qancha uzoq cho’zilsa — intoksikatsiya harorat o’sishi, holsizlik, mushaklardagi og’riq, bosh og’rig’i, ko’ngil aynishi va qayt qilish bilan o’tish ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi.

Septik shok

Bakteriyalar sababli diareya kelib chiqishida va kasallik chaqiruvchilarni bartaraf qilmay, uni organizmning ichida “berkitadigan” vositalardan foydalanishda, organizmning umumiy intoksikatsiyasi maksimal darajada yorqin ravishda namoyon bo’lishi va diareya jiddiy og’irlashishi natijasida septik shok rivojlanishi mumkin. Kasallik chaqiradigan mikroorganizmlarning faoliyati natijasida hosil bo’lgan zaharlar katta miqdorda qon aylanish tizimiga kirib borib, mushak tonusining pasayishi, taxikardiya va yurak urish ritmining buzilishi, holsizlik, bosh aylanishi, arterial bosimning tushib ketishi kabi alomatlarni chaqirishi mumkin. Sovuq ter, deyarli to’liq harakatsizlantiradigan tarzda tez toliqish va ong jabrlanishi ehtimoli bor. Bunday patologik holat keyinga qoldirib bo’lmaydigan xavfli holatlar turkumiga kiradi.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak yetishmovchiligi ham uzoq davom etadigan diareyaning natijasida va u chaqirgan suvsizlanish tufayli bo’lishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi dastlabki bosqichlarda sutka davomida peshob ajralishining kamayishi, umumiy holsizlik, toliqish va inson susayib qolishi bilan kuzatiladi. Patologiya rivojlanib borishi bilan alomatlarga qayt qilish, og’ir nafas olish, mushaklarning tirishishi, qorin va bel sohasida og’riqlar, yurak aritmiyasi qo’shiladi. Qonda kreatinin va mochevina miqdori o’sib boradi, bu organizmning intoksikatsiyasiga olib keladi.

Диарея

Gipokaliyemiya

Diareya natijasida yana bir ehtimoliy oqibatlardan biri — gipokaliyemiya, yoki bemorning organizmida patologik ravishda kaliy miqdori pasayib ketishi. Suyuq ich ketishi bilan kaliy deyarli organizmdan yuvilib chiqib ketadi. Bu holatning alomatlari mushaklardagi holsizlik, ayniqsa oyoq mushaklarida sezilarli bo’ladi, mushak og’riqlari, parezlar va ko’p yuzaga keladigan paralichlar, yurak ritmi buzilishlari bilan namoyon bo’ladi. Agar gipokaliyemiya uzoq vaqt davom etsa, unda nefrit va nefrogen qandsiz diabet kabi surunkali kasalliklar rivojlanishi mumkin.

Tirishishlar

Diareya paytida nafaqat kaliy tanqisligi kuzatilishi mumkin; kalsiy va natriy miqdori ham kamayadi. Uzoq vaqt davomida ich ketishi natijasida ushbu muhim mikroelementlarning organizmdan yuvilib chiqishi tetanik tirishishlar, yoki spazmofiliyaga olib kelishi mumkin. Tirishishlar oyoq mushaklari, yuzning mimik mushaklariga ta’sir o’tkazishi mumkin, qo’l kaftining tirishishi yuzaga kelishi mumkin va nafas olishda qisqa vaqtli to’xtab qolishlar kuzatilishi mumkin. Tetanik tirishishlar rivojlansa, operativ tez tibbiy yordam aralashuvini talab qiladi.

Disbakterioz

Juda ko’p holatlarda diareyani kechishi disbakterioz bilan birga kechadi. Sog’lom ichak mikroflorasining nozik balansi buziladi, normal holatda mikrofloraning umumiy massasidan 2%ga oshmaydigan patogen va shartli patogen mikroorganizmlarining soni bir necha karraga oshib ketadi. Disbakteriozda taomdagi ozuqaviy moddalar ichak tomonidan deyarli o’zlashtirilmaydi, insonda anemiya rivojlanishi boshlanadi.

Diareyaning surunkali diareyaga aylanishi

Agar davolash qo’llanilmasa yoki davolash sxemasi noto’g’ri tanlangan holatlarda o’tkir diareya surunkali shaklga o’tishi mumkin — bu ham ehtimoliy og’ir oqibatlardan biri hisoblanishi mumkin. 3 haftadan ortiq davom etgan diareyani surunkali deb nomlash mumkin. Ko’p suyuq ich kelishi, ishtaha buzilishi, qorin sohasida og’riq paydo bo’lishi bilan kuzatiladigan alomatlarga qo’shimcha sifatida aldamchi defekatsiya xohishi (tenezmlar), umumiy holsizlik, vazn kamayishi paydo bo’ladi.

Nima qilish kerak?

Diareya — albatta dori vositalarini qo’llash orqali tuzatilishi kerak bo’lgan holat. Ich ketishga qarshi vositani tanlashda, e’tiboringizni aynan sababi — infeksion agentlarni bartaraf qilib davolaydigan dori vositalariga e’tibor qarating. Masalan Stopdiar dori vositasi. Muammoni ichkarida berkitmay, Stopdiar diareya chaqiradigan organizmlar bilan kurashadi, ularning kelib chiqish sababini bartaraf qiladi, bunda ichakning sog’lom mikroflorasini nobud qilmaydi (hatto unga yordam ham beradi). Bu ham bolalar, ham kattalar uchun muhim!

Диарея
maqolalarga qaytish
Nima uchun tanlash Стопдиар?