Лечение для взрослых - Узбекистан

Diareya haqida
Diareya keng tarqalgan kasallik bo‘lsa-da, u hammaga birdek ta'sir o‘tkazmaydi. Ayrim odamlarda bu kasallikka chalinish xavfi yuqoriroq va ularni davolashda alohida e'tibor hamda har xil yondashuv qo‘llanilishi lozim bo‘ladi
Diareya keng tarqalgan kasallikdir, ammo u har kimga har xil ta'sir qiladi.

Kattalarni davolash

Diareya — yoqimsiz va keng tarqalgan holat, bunda inson qorin og’rig’i, kuniga kamida 3 marta ich ketishi, meteorizm, organizmning umumiy suvsizlanishi, bo’shashish, ba’zida ko’ngil aynishi va qayt qilish, harorat ko’tarilishidan aziyat chekadi.

Diareya albatta davolanishi kerak bo’lgan holatlarga kiradi — “o’zi o’tib ketishi” yoki “qandaydir yo’q bo’lib ketishi”ni kutilishi — hayot uchun xavfli gipovolemik shok kabi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin — bunda organizm suvsizlanganligi sababli qon hajmi kamayishi va “quyuqlashishi”, buning oqibatida mushaklarda tirishish va buyraklar yetishmovchiligi paydo bo’lishi mumkin.

Ammo diareyani davolash yo’lini qanday tanlash mumkin, axir dorixonalarning peshtaxtalarida og’riq qoldiradigan, ich ketishini to’xtatadigan, mikroflorani tiklaydigan o’nlab dori vositalari bor?

Quyida keltirilgan maslahatlar buni tushunishga yordam beradi.

Kattalarni davolash

1-maslahat. Diareyaning turini e’tiborga oling. Diareyaning asosiy to’rtta turi mavjud. Ekssudativ diareya ichakning ichki shilliq qavati buzilganida rivojlanadi, masalan, eroziya yoki yara mavjud bo’lsa. Gipersekretor diareya esherixioz, vabo, E.coli bakteriyalari kabi infeksion patologiya toksinlari ichakni ortiqcha qo’zg’atishi bilan kuzatiladi. Shuningdek, gipersekretor diareya uzoq vaqt davomida beparvolik bilan ich suradigan vositalar qabul qilinishi sababli rivojlanishi ham mumkin. Osmotik diareya ichak tomonidan suv so’rilishining faolligi pasayishi va axlat massasining yiriklashib ketishi bilan kuzatiladi. Bunday diareya moddalar almashinuvi buzilishi, surunkali pankreatit, o’t kislotalarining yetishmovchiligi va ichakda qon aylanishining buzilishi sababli kelib chiqadi. Motorli giperkinetik yoki gipokinetik diareya — ichakning motorika (harakatlanish) funksiyasining buzilishi, stress, nevroz va oshqozon shirasining kislotaligini pasaytiradigan dori vositalari uzoq vaqt qo’llanilganida paydo bo’lish ehtimoli yuqori bo’ladi. Diareyaning turi aniqlanganidan keyin (buni shifokor ko’rik va tahlil natijalariga ko’ra aniqlaydi) kasallik bilan kurashish strategiyasi ham ma’lum bo’ladi.

2-maslahat. Diareyaning sababini aniqlang. Agar motor diareyasining sababi ko’pincha infeksiya bo’lmasa, boshqa turdagi diareyalar deyarli har doim infeksiya bilan kuzatiladi. Agar diareya infeksiyadan bo’lmasa, unda asosiy kasallikni davolash kerak, chunki diareya — ushbu kasallikning bir alomati, simptomi. Diareya infeksiya sababli paydo bo’lgan bo’lsa (10 tadan 8 ta holatda), ichakda kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni berkitib, muammoni mexanik yo’l bilan to’xtatish kerak emas, balki organizmga kirib qolgan infeksion agentni yo’q qilish kerak. Aks holda, diareya to’xtashi ham mumkin, ammo bundan ayanchliroq muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu yo’l bilan bakteriyalar sababli paydo bo’lgan diareyani davolashda muammoni ichkarida “qulflab”, septik shokka duch kelish mumkin, bu — kasallik chaqiradigan bakteriyalar faoliyatining mahsulotlari bilan organizmning og’ir zaharlanish (intoksikatsiya) holati hisoblanadi. Septik shok qon bosimi va mushaklar tonusining pasayishi, yurak urish ritmining buzilishi, umumiy ko’payib boradigan holsizlik va bosh aylanishi, ko’ngil aynishi va qayt qilish, sovuq ter paydo bo’lishi, hushdan ketishdan oldingi holat, hushsizlik va hatto hushni yo’qotish kabi simptomlar bilan namoyon bo’lishi mumkin.

pills

3-maslahat. Har tomonlama ta’sir o’tkazadigan dori vositalarini tanlang. Enterosorbent vositalari toksinlarni o’ziga “tortadi”; ich ketishini to’xtatadigan vositalar diareyani mexanik yo’l bilan to’xtatadi; og’riq qoldiruvchi vositalar va spazmolitiklar diareyaning yoqimsiz alomatlari bilan kurashadi; probiotiklar kasallik tufayli ichakdagi mikrofloraning buzilgan balansini tiklashga yordam beradi. Birdaniga bir nechta dori vositalarini qabul qilmasdan, og’ir oqibatlarning oldini olish uchun har tomonlama ta’sir o’tkazadigan dori vositalarini tanlang. Ular bir vaqtning o’zida ham diareyaning sababchisi (infeksion agent)ga qarshi kurashishi hamda ichakning normal mikroflorasini buzmasligi kerak. Bunday har tomonlama ta’sirga ega vositalarga zamonaviy ichak antiseptiklari kiradi, jumladan Stopdiar ichak antiseptigi. Bu dori vositasi kasallik qo’zg’atuvchilar bilan faol kurashadi, diareyaning ayni sababini bartaraf qiladi, sababi bartaraf qilinishi bilan birga ham intoksikatsiya, ham og’riqlar, ham ichak spazmlari ham bartaraf qilinadi. Shuningdek, Stopdiar nafaqat ichakning normal mikroflorasiga salbiy ta’sir o’tkazmaydi, balki hatto asosan bifidobakteriyalar va laktobakteriyalardan tashkil topgan mikrofloraning normal holatini tiklashga ham yordam beradi. Stopdiarni haqqoniy diareyaga qarshi oilaviy dori vositasi, deb nomlash mumkin. Dori vositasini qabul qilish maksimal darajada qulay bo’lishi uchun u 3 xil shaklda ishlab chiqariladi. Stopdiar suspenziyasini hatto bolalarda ham 1 oyligidan boshlab qo’llash mumkin, Stopdiar kapsulalari bilan kattalar va 3 yoshdan boshlab bolalarni davolash mumkin, Stopdiar tabletkalari esa kattalar va 7 yoshga to’lgan bolalarga diareyadan xalos bo’lib, sog’liqni tiklashga yordam beradi.

Kattalarni davolash

4-maslahat. To’g’ri ovqatlanish va suv ichish rejimi haqida unutmang. Nega deysizmi? — Chunki bular ham dori vositalariga qo’shimcha diareya bilan faol kurashish elementlari hisoblanadi. Ovqatlanish tartibi buzilsa va ratsion noto’g’ri bo’lsa, diareya uzoqroq cho’zilishi mumkin! Jumladan, diareya paytida ovqatni bo’lib-bo’lib iste’mol qilish kerak, iloji boricha yegulikni kichik-kichik porsiyalarga bo’lib, sutkasiga 4-6 marta ovqatlanish kerak. Ovqat neytral, oshqozon shilliq qavati va ichakka salbiy ta’sir o’tkazmaydigan bo’lishi kerak. Diareya paytida ratsionning asosi — quyuq sutsiz bo’tqalar, masalliqlari qirg’ichdan chiqarilgan sho’rvalar, qaynatib pishirilgan yog’siz go’sht, bug’da tayyorlangan yog’siz kotletlar, kisellar, quritilgan non. Davolash jarayoni boshlanganidan keyin ozgina vaqt o’tkazib, ratsionga bifido- va laktobakteriyalarga boy sut-achitqi mahsulotlarini kiritish mumkin.

Suv ichish rejimi ham juda muhim. Kuniga 2-2,5 litr toza suv ichib, siz, birinchidan, suvsizlanish ehtimolini kamaytirasiz, ikkinchidan esa, qo’shimchasiga diareya chaqiradigan qo’zg’atuvchi bakteriyalar faoliyati tufayli organizmda paydo bo’lgan toksinlarni “yuvib chiqarish” jarayonini ham faollashtirasiz.

Diareyani davolashda imkon boricha bu holatining oldini ertaroq olish muhim — shunda diareyaga chalingan bola yoki katta yoshli odamning organizmi kamroq aziyat chekadi; og’ir oqibatlar kelib chiqishining ehtimoli ham kamayadi.

Nima uchun kattalar uchun Стопдиар tanlash kerak?
Стопдиар® kattalar uchun —
O’tish
Nima uchun kattalar uchun Стопдиар tanlash kerak?