Диарея после антибиотиков: что это такое и как с ней бороться? - Узбекистан

Diareya haqida
Diareya keng tarqalgan kasallik bo‘lsa-da, u hammaga birdek ta'sir o‘tkazmaydi. Ayrim odamlarda bu kasallikka chalinish xavfi yuqoriroq va ularni davolashda alohida e'tibor hamda har xil yondashuv qo‘llanilishi lozim bo‘ladi
Diareya keng tarqalgan kasallikdir, ammo u har kimga har xil ta'sir qiladi.

Antibiotiklardan keyin diareya: bu nima va qanday bartaraf qilinadi?

Antibiotiklardan keyin yuzaga keladigan diareya, yoki antibiotiklar bilan bog’liq ich ketishi — juda ko’p kuzatiladigan holat. Zamonaviy statistikaga muvofiq, o’rta hisobda antibiotik kursi qabul qilinganidan keyin 5-35% kattalarda va 40% bolalarda yuzaga keladi. Butunjahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti mezonlari bo’yicha kuniga 3 martadan ortiq axlat suyuq kelishi antibiotiklar bilan davolanishdan keyingi 8 hafta ichida yuz bersa, bu antibiotiklar bilan bog’liq diareya hisoblanadi. Bunday holatda albatta davolanish kerak.

Диарея

Diareya qachon yuzaga keladi

Ko’pincha diareya tabletka yoki kapsula ko’rinishida antibiotiklar kursidan keyin, kamroq transvaginal antibiotiklar (svechalar) qo’llanganidan keyin yoki inyeksiya yo’li bilan kiritilganida paydo bo’ladi.

Antibiotiklarni qabul qilishdan keyin diareya rivojlanishi xavfi ko’proq bolalarda va keksa yoshdagi odamlarda yuqoriroq bo’ladi, shuningdek ichak bilan bog’liq turli muammolarga duch kelgan odamlarda ham.

Antibiotik bilan bog’liq diareyaning ehtimoli oshishi, inson shifokor belgilangan miqdordan ortiq antibiotik iste’mol qilishi, dorini ichish tartibini buzish, o’zboshimchalik bilan bitta antibiotikni boshqasiga almashtirish natijasida oshadi. Shuningdek, immunitetni tushiradigan har qanday kasallik bilan xavf oshib boradi.

Nega antibiotiklar qabul qilinganidan keyin diareya yuzaga keladi

Bu turdagi diareya yuzaga kelishining asosiy sababi — antibiotik aniq bir joyga tanlab ta’sir etmasligida. Kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni bartaraf qilishda, biryo’la 99% bifidobakteriyalar va laktobakteriyalardan tashkil topgan mikrofloraning foydali mikroflorasini ham vayron qiladi. Bu bakteriyalarning antibiotiklardan hech qanday “himoyasi” yo’q, ular nobud bo’ladi, patogen flora (klostridiyalar, salmonellalar, kandidalar, stafilokokklar va boshqalar) ko’payib boradi, insonda disbakterioz rivojlanadi — diareya paydo bo’ladi. Aynan shuning uchun aksariyat antibiotiklarning qo’llanmalarida ichak mikroflorasining buzilishi va ichak buzilish ehtimoli davolanishning nojo’ya oqibatlari sifatida ta’kidlanadi.

Antibiotiklardan keyin diareya rivojlanishining boshqa mexanizmlari ham mavjud. Masalan, osmotik mexanizm. Ichakda anaerob (kislorodsiz muhitda yashaydigan) bakteriyalar soni kamayganida uglevodlar parchalanishi yomonlashadi. Hazm bo’lmagan uglevodlar ichak bo’shlig’iga suyuqlik tortadi, bunda organizm ortiqcha suyuqlikni “evakuatsiya” qilish usulini qo’llab, ich ketishi bilan javob beradi.

Ba’zi antibiotiklar stimulyatsiya effektiga ega bo’lib, ichak motorikasini tezlashtiradi. Buning natijasida ovqat hazm bo’lmay, ichak orqali “uchib o’tadi” — keyin ich ketadi, bunda axlat massalarida hazm bo’lmagan ovqat parchalari bo’ladi.

Boshqa antibiotiklar ichakda o’t kislotalari yig’ilishini faollashtiradi, bunda suyuqlik so’rilishi jarayoni yomonlashadi bu ham antibiotiklar bilan davolanishdan keyin diareya sababiga aylanishi mumkin.

Antibiotiklardan keyin yuzaga keladigan diareya nimasi bilan xavfli

Diareya rivojlanishi doim suvsizlanish va elektrolit balansining buzilishi bilan bog’liq — bu organizm uchun xavfli holat hisoblanadi. Ko’pincha diareya vaqtida patogen mikroorganizmlarning faoliyati natijasidagi mahsulotlar bilan intoksikatsiya kuzatiladi.

Agar antibiotiklar bilan davolanish ichak mikroflorasining uzoq vaqtga buzilishiga olib kelgan bo’lsa, psevdomembranoz kolit kabi oqibatlar rivojlanishi ehtimoli yuzaga keladi — u ichakda katta miqdorda klostridiy turkumidagi patogen bakteriyalar sababli rivojlanadi — insonni umumiy holsizlik, qorindagi og’riqlar, tana haroratining ko’tarilishi qiynashi mumkin.

Alomatlari

Antibiotiklardan keyin diareyaning namoyon bo’lishi (boshqa turdagi diareyalar kabi) — ko’p-ko’p suyuq holda shaklsiz axlat kelishi. Qo’shimcha sifatida meteorizm, ishtaha pasayishi, qorinda “g’uldurash”, chanqoq, terining haddan tashqari qurishi va organizm suvsizlanishi sababli lab chekkasida yaralar paydo bo’lishi mumkin.

Diareya og’ir kechishida axlat sutkasiga 20 martagacha ajralishi mumkin, unda qon yoki shilliq mavjud bo’lishi mumkin.

Antibiotiklardan keyin yuzaga keladigan diareyani qanday davolash kerak

Antibiotiklardan keyin diareya bu — deyarli doim mikroflora balansining buzilishi sababli ichakda patogen bakteriyalarning “erkin sayri”. Mazkur “infeksion agentlardan” xalos bo’lish uchun suyuq axlat bilan mexanik yo’l bilan kurashish emas, kasallik chaqiradigan mikroorganizmlarni bartaraf qilish kerak. “Ich ketishiga qarshi” oddiy vositalar — juda puxta o’ylangan tanlov emas; axir kasallik chaqiruvchi bakteriyalar organizmda qolib faolligi natijasidagi mahsulotlar bilan intoksikatsiyani kuchaytiradi. O’tkir bakterial diareyaga qarshi kurashish uchun ichak-antiseptik vositalarini qo’llash mantiqqa to’g’ri keladi. Misol tariqasida “Stopdiar” vositasini keltirish mumkin. U kasallik chaqiradigan floradan xalos bo’lisga yordam beradi, shunchaki muammoni ichkarida “berkitib” qo’ymay, antibiotiklar sababli yuzaga kelgan diareyaning sababiga ta’sir qiladi, bunda bifido- va laktobakteriyalarga ziyon yetkazmaydi. “Stopdiar” tabletka, kapsula va hatto kichkintoylarda hayotining birinchi yilida qo’llanilishi mumkin suspenziya ko’rinishida bo’lgan shakllarda ishlab chiqariladi.

Диарея

Sabablarni bartaraf etishdan tashqari organizmni suv-tuz eritmalarini qabul qilish orqali suvsizlanishdan saqlash ham lozim, ularni dorixonalardan topish mumkin, hamda ichak sorbentlari (enterosorbentlar) yordamida toksinlarni tezda yuvib chiqarish mumkin.

Va, albatta, agar antibiotiklarni qabul qilishda davom etayotgan bo’lsangiz — ularni ichishni to’xtatish lozim; aks holda antibiotiklar bilan bog’liq diareyadan xalos bo’la olmaysiz.

Antibiotiklardan keyin yuzaga keladigan diareyaga qarshi kurashish uslubi sifatida ovqatlanish va suyuqliklar iste’moli

Antibiotiklar qabul qilinganidan keyin yuzaga kelgan diareyaga qarshi kurashishda ovqatlanish ham yordamchi usulga aylanishi mumkin. Mazkur diareya turiga chalingan odam ratsionidan vaqtincha barcha qo’zg’atuvchilarni olib tashlash zarur — qovurilgan va yog’li ovqat, achchiq ziravorlar, yog’li qaynatmalar, sut, pishiriqlar va yangi uzilgan non mahsulotlari, konservalar, gazlangan ichimliklarni. Ilk kunlarda faqat eng yengil yegulikni qaynatib pishirilgan yoki bug’da tayyorlangan holda tanovul qilgan ma’qul — bular orasida sutsiz bo’tqalar, qaynatib pishirilgan go’sht, bug’da pishirilgan quymoqlar, guruch bilan pishirilgan suyuq vegetarian sho’rvalar, oq nondan tayyorlangan qotgan non.

Sutka mobaynida eng kamida 1,5 litr toza ichimlik suvi, o’t yoki na’matak damlamalari, gazsiz mineral suv ichish lozim.

Statistika:https://prokishechnik.info/profilaktika/diareya-posle-antibiotikov.html

maqolalarga qaytish
Nima uchun tanlash Стопдиар?