Виды диареи и их особенности - Узбекистан

Diareya haqida
Diareya keng tarqalgan kasallik bo‘lsa-da, u hammaga birdek ta'sir o‘tkazmaydi. Ayrim odamlarda bu kasallikka chalinish xavfi yuqoriroq va ularni davolashda alohida e'tibor hamda har xil yondashuv qo‘llanilishi lozim bo‘ladi
Diareya keng tarqalgan kasallikdir, ammo u har kimga har xil ta'sir qiladi.

Diareya turlari va xususiyatlari

Bu dunyoda biron marta diareyadan, oddiy qilib aytganda, ich ketishidan aziyat chekmagan insonning o’zi yo’q. Bu holat juda keng tarqalgan holatlar turiga kiradi, hatto odatdagi shamollash yoki tumov kabi, shuning uchun jiddiy qabul qilinmaydi. Aslida esa diareya rivojlanishida inson organizmida jiddiy buzg’unchilik jarayonlari boshlanadi. Qanday, deysizmi? — Hozir aniqlik kiritib ko’ramiz.

Диарея

Biz nimani diareya deb nomlaymiz

Diareya — insondagi patologik holat bo’lib, bunda defekatsiya ko’p-ko’p (sutkasiga uch marta va undan ko’p) ro’y beradi. Axlat suyuqlashadi, suv kabi bo’ladi, sutkadagi hajmi esa 200 grammdan ortiq bo’ladi. Solishtirsak — normal holatda bir sutkada axlat miqdori 100-250 grammdan ortiq bo’lmaydi. Diareya paytida axlat undagi suyuqlik miqdori 60-90% gacha oshgani sababli suyuqlashadi. Suyuqlik oshib borishining sababi diareyaga turiga bog’liq bo’ladi.

…Odamga suv ziyon yetkazadi

Inson har kuni suv, choy, qahva, sharbat, sho’rva ko’rinishida o’rtacha 2 litr suyuqlik ichadi; suv katta miqdorda organizmga yegulik orqali ham kirib boradi. Umuman olganda, agar yeganimiz-ichganimizdan tashqari so’lak, safro va oshqozon shirasini hisobga olsak, ichakka 7 litrgacha suyuqlik boradi.

Sog’lom insonning axlatida suyuqlik juda kam miqdorda bo’ladi, sutkadagi umumiy hajmdan taxminan 2-3%. Qolgan suyuqlik esa organizmga singadi va peshob, ter, yosh orqali chiqib ketadi.

Agar axlatdagi suv miqdori oshib ketsa — diareya yuzaga keladi. Diareyaning asosiy turlari to’rtta — ekssudativ, gipersekretor, osmotik va motorli diareya.

Диарея

Ekssudativ diareya

Bu turdagi diareya ichakdagi shilliq qavatda eroziya yoki yara ko’rinishidagi shikastlanishlar oqibatida, yoki limfatik tomirlarda yuqori bosim paydo bo’lsa, yuzaga keladi. Shikastlangan shilliq qavat orqali ichakka plazma, qon, limfa o’tib ketadi — mazkur fiziologik suyuqliklar bu yerda bo’lmasligi kerak. Ichakka mana shunday “kirib borishlar” tufayli ich ketishi yuzaga keladi.

Ekssudativ diareya odatda infeksiyasiz kasalliklar tufayli bo’ladi, bularga Kron kasalligi, nospetsifik yarali koliti, limfoma kiradi. Agar sababi infeksiyadan bo’lsa, unda ekssudativ diareyaning aybdorlari shigellalar va salmonellalar bo’lishi mumkin.

Bunday ichak buzilishi yallig’lanish jarayoni va o’ta faol peristaltika bilan kuzatiladi. Ekssudativ diareya paytida axlat suyuq bo’ladi va ko’pincha unda qon va yiring mavjud bo’ladi (shamollash jarayoni natijasida).

Gipersekretor diareya

Bunday diareya turi ichak bo’shlig’iga ko’p miqdorda suv va elektrolitlar ajralishi bilan farqlanadi. Bunday diareyaning rivojlanishi juda ko’p holatlarda toksinlar tomonidan ichak “giperstimulyatsiya” bo’lishi sababli yuzaga keladi, masalan, vabo, esherxioz yoki E.coli enterotoksiniga chalinishda. Ichakka haddan tashqari ko’p peptidlar kelib tushishi natijasida ham gipersekretor diareya yuzaga kelishi ehtimoli mavjud; shuningdek, bu turdagi diareyaning rivoj topishida ba’zi dori vositalar sababchi bo’lishi ham mumkin (masalan, ich suradigan dori vositalari). Gipersekretor diareyaning yana bir sababi — o’t pufakdagi muammo yoki uni olib tashlashdan keyingi holat (xolesistektomiya operatsiyasi).

Gipersekretor diareya yallig’lanish bilan birgalikda kechmaydi; yiring va qon axlat massasida na ko’z bilan, na laboratoriyadagi tadqiqotlardan keyin ko’rinadi — suv ko’rinishida juda ko’p miqdorda axlat keladi; hazm bo’lmagan ovqat zarrachalari ko’rinmaydi.

Osmotik diareya

Normal hazm qilish jarayonida bir sutka ichida ingichka ichak 4-5 litrgacha suyuqlikni absorbtsiya qiladi (so’riladi), yo’g’on ichak esa — 1,5-2 litrgacha. Diareyaning osmotik turida ichaklarda suv va elektrolitlarning “so’rilishi” kamayadi, buning natijasida yo’g’on ichakdagi axlat massasi tez ko’payib boradi. Yo’g’on ichakning kompensator imkoniyatlari to’liq yakunlanganidan keyin, axlat massasini oshib boradigan suyuqlik kelishda davom etadigan holatlarda osmotik diareya yuzaga keladi.

Osmotik diareyaning rivojlanish sabablariga almashinuv jarayonlarining buzilishi, glyuten kasalligi, ingichka ichak ishemiyasi, surunkali pankreatit, oshqozon osti bezining onkologik xastaligi, o’t kislotalarining tanqisligi kiradi. Sabablardan biriga ichni suradigan tuzli vositalardan tartibsiz foydalanish ham kiradi, ular tom ma’noda organizmdagi suyuqlikni “tortib oladi”. Osmotik diareya ko’p holatlarda rotavirus infeksiyasi, pankreatit, turli fermentopatiya bilan birga, shuningdek, ingichka ichak xirurgik yo’l bilan qisman olib tashlanganidan keyin uchraydi.

Osmotik diareya paytida axlat suyuq bo’ladi, ko’p keladi, hazm bo’lmagan ovqat zarrachalari yaxshi ko’rinadi, ko’pincha steatoreya (“yog’li” axlat) kuzatiladi. Osmotik diareya deyarli har doim inson hayotini qo’shimcha alomatlar bilan og’irlashtiradi, bularning orasida og’riqlar, meteorizm, qorindagi “g’uldurashlar”.

Motorli diareya — giperkinetik va gipokinetik

Ham giperkinetik, ham gipokinetik diareya ovqat luqmasini ingichka va yo’g’on ichak bo’ylab harakatlanishida buzilish bilan bog’liq. Bu holat ichak motorikasining buzilish holati deyiladi. Agar motorika haddan tashqari faol bo’lsa, ovqat luqmasi juda tez harakatlanadi, ovqat hazm bo’lishga ulgurmaydi — so’z giperkinetik diareya haqida. Agar motorika sekinlashgan va sust bo’lsa, ovqat ichakda uzoq vaqt hazm bo’lmay, qolib ketadi, achish va chirish jarayoni boshlanadi — gipokinetik diareya yuzaga keladi.

Ko’pincha motor diareya – sezgir ichak sindromi bilan og’rigan insonlarda, hamda nevrozlarda va antatsid yoki ich suruvchi vositalarni su’iste’mol qilinganda aniqlanadi. Odatda motor diareya infektsion kasalliklar bilan bog’liq emas.

Motorli diareyada axlat ko’p keladi, suyuq yoki suyuq bo’tqasimon bo’ladi, umumiy hajmi kamdan-kam sutkasiga 300 grammdan ortiq bo’ladi. Axlat kelishidan bir qancha vaqt oldin inson qorin sohasida sanchish og’riqlaridan aziyat chekishi mumkin.

Kombinatsiyalangan diareya

Ko’pincha diareya birvarakayiga bir nechta faktorlar asosida yuzaga keladi — bularning orasida infeksiya va stress; ichak shilliq qavatining shikastlanishi va suyuqlik so’rilishining buzilishi; dori vositalarining uzoq qabul qilinishi va moddalar almashinuvidagi defektlar bo’lishi mumkin. Bu holatlarda diareya kombinatsiyalangan deyiladi.

Диарея

Davolash haqida qisqacha ma’lumot

Xastalikni kelib chiqargan sabablarni hisobga olgan holda, diareyani davolash kerak. Agar ularning orasida infeksiya bo’lsa — davolanish sxemasiga Stopdiar dori vositasini kiritish haqida shifokor bilan maslahatlashing. U muammoni ichkarida “berkitish” orqali diareyani mexanik yo’l bilan to’xtatmaydi, balki kasallikni qo’zg’atgan infeksiyalar bilan kurashadi, ichakning sog’lom mikroflorasini tiklashga yordam beradi — diareya bilan kurashishda bu muhim hisoblanadi. Stopdiarni dorixonalardan tabletka, kapsula yoki suspenziya ko’rinishida topish mumkin. Suspenziyani chaqaloqlarda ikki oyligidan boshlab qo’llash mumkin.

Диарея
maqolalarga qaytish
Nima uchun tanlash Стопдиар?