Отзывы в Узбекистане

Xaridorlarning fikri
E'tibor bering, etika nuqtai-nazariga ko‘ra biz boshqa dori vositalari haqida salbiy fikrlarni chop etmaymiz. Raqobatchilik etikasiga amal qilish maqsadida Siz bildirgan fikrda boshqa vositalarning savdo belgisi qisqartiriladi yoki umumiy dori vositalari guruhining nomiga almashtiriladi..
Поделитесь своим мнением о препаратах Стопдиар.
fikr qoldirish
ISHLAB CHIQARISH SHAKLINI TANLANG
suspension
Men avval suspenziya haqida yozgan edim, shuning uchun tabletka haqida ko'p yozmayman
Мария
Отзыв о суспензии Стопдиар
suspension

Stopdiar bilan bolani suspenziya bilan davolashda tanishdim. Natijasi qoniqtirdi, keyin men atayin uning tabletkasini oldim, oiladagi kattalar uchun, har ehtimolga qarshi tursin, dedim. Hozircha kerak bo'lmadi, aptechkada shunday turibdi. Suspenziyaning ta’siriga qaraganda, samarali bo'lsa kerak, deb o'ylaman.

To'liq o'qish
suspension
Ikki marta bolamni Stopdiar bilan davoladim, aynan suspenziya bilan
Маша
Отзыв о суспензии Стопдиар
suspension

Ikki marta yordami tegdi, birinchi marta (3 oyligida) deyarli 2 kun sezilarli effektni kutish kerak bo'ldi. Ammo dori vositasini men ishongan shifokor buyurgandi, u esa aynan Stopdiar suspenziyasini ichishni buyurdi, kamida 5 kun dedi, shuning uchun kutishga tayyor edik. Lekin uchinchi kundan tezda yaxshilandi, 5 kundan keyin umuman hammasi o'tib ketdi. Ikkinchi marta bir yoshga to'lganida davoladim, tezroq ta'sir qildi: kechka kelib axlati yaxshilandi, keyingi kuni ertalab bolam deyarli sog'aydi. Salbiy tomoni: ochilgan idish shifokor aytishicha 14 kun saqlanishi kerak ekan. Birinchi marta 5 kun ichganidan keyin idish deyarli tugagan bo‘lsa, ikkinchi martasida ichida juda ko'p qolib ketdi. Boshqa tomondan bolamga yordam bersa bo‘ldi-da. Narxi unchalik baland ham emas jon kuydirish uchun. 350 rublga bolamni 2 kunda tuzatib oldim — ko‘proq ham berardim. Dorini tavsiya qilaman!

To'liq o'qish
suspension
Shu yili yozda oilamiz bilan (2 ta bola bilan) dengizga bordik
Анна
Отзыв о суспензии Стопдиар
suspension

Safarda o'g'limning (1,3 yosh) birinchi sut tishlari chiqishi boshlandi, birdaniga 3 ta! Shu sababdan immuniteti tushib ketgan bo'lsa kerak, bolamning tezda ichagi buzildi. Infeksiyaligini birdan payqamadik, alomatlari oddiy tish chiqishidek ko'rindi: ich ketishi, isitma chiqishi. Ikkinchi kuni tish emasligini payqadim: axlati yashil rangda keldi, shilliq aralash bo‘ldi, isitmasi tushmadi. Shifokorni chaqirdim, u probiotiklar va sorbentlarni berishni buyurdi (izoh: savdo belgisi o‘chirildi), ularni uch kun ichdik, ammo ular uncha ta'sir qilmadi. Natijada men o‘zim internetdan Stopdiar haqida o'qidim va nifuroksazid suspenziyasi haqida bilib oldim (izoh: savdo belgisi o‘chirildi), erimdan shulardan birini olib kelishlarini iltimos qildim. Erim Stopdiar olib keldilar, uni bolaga berishni boshladim, kechki paytga kelib, xushchaqchaq bo'lib o'ynashni boshladi! Ikkinchi kundan boshlab axlati quyuqlashdi, uchinchi kuni ertalabdan me'yoriga qaytdi. Har ehtimolga qarshi baribir 5 kun davolandik. Asosiy xususiyatlari: ichidan ikki tomonli qoshiq chiqdi (faqat o‘g‘lim uni uchinchi kuni sindirib qo‘ydi)))) ammo u bilan juda qulay edi. Suyuqlikning o‘zi sariq rangda, hidi va ta'mi yoqimli, o'g'lim maza qilib ichdi. Masalan, Smektani majburlab ichirish kerak bo'lardi. Umuman olganda men bu doridan mamnunman.

To'liq o'qish
suspension
Chindan ham diareyada samarali dori vistasi
Elena Yusupina
Отзыв о суспензии Стопдиар
suspension

Qizim bog‘chaga borgan zahoti qandaydir ichak infeksiyasini yuqtirib keldi. Oldin (izoh: tovar belgisi o‘chirilgan) sorbent bilan qutilardik. Ikki kun ichdik foydasi bo‘lmadi. Shifokorni chaqirganimda, Stopdiar suspenziyasini yozib berdi. O‘sha kuniyoq sotib oldik (uchta dorixonaga kirdim topish uchun!, rotavirus ko'payganligi sababli hammasi sotilb ketgan deyishdi) berishni boshladik, avval (o‘sha kunning o‘zida) ta'sirini sezmadim. Ammo ertagayoq ertalab qizimning ichi quyuqlashdi. Kechki payt o'zini yaxshi his qilishni boshladi va ko'chaga chiqish xohladi. Biz Stopdiarni uch kun davomida qabul qildik, to‘rtinchi kuni yana ikki marta berdim (aslida shifokor 5-7 kun ichishni buyurgandi) — ammo bu vaqtga kelib ichi yaxshilandi, shunga davolashni to‘xtatishga qaror qildim. Bolam yana suspenziya berishimni so'radi (ta'mi shirin, mazali, biz esa kam shirinlik beramiz).

capsuls
Stopdiar xarid qilayotganimga ikki yil bo'ldi, avval tabletkalarni olar edim
Солнышко Таня
Отзыв о капсулах Стопдиар
capsuls

Oxirgi marta farmatsevt kapsulalarni tavsiya qildi, sinab ko'rishga oldim. Aslida uncha farqini sezmadim. Ha, kattalar bitta kapsula ichishi kerak, tabletkalarni esa bittada ikkitasini ichish kerak. Ammo tabletkalar yirik emas, bemalol birdaniga ikkitasini ichish mumkin. Ketidan suv ham ichmayman. Kapsulalar tabletkalar kabi yaxshi ta'sir qildi. Shuning uchun agar tabletkalar bo'lmasa, kapsula olish ham mumkin.

To'liq o'qish
capsuls
To‘yimiz kunini "ajoyib" tarzda nishonlash uchun restoranga borgan edik
Женя
Отзыв о капсулах Стопдиар
capsuls

Bir maza qilamiz, deb dengiz mahsulotlaridan salat buyurdik (men aynan shu salatdan ko‘rdim). Yo dengiz mahsulotlarining o'zi uncha sara bo'lmagan, yoki noto'g'ri tayyorlashgan, bilmadim, lekin tunda erimning qorni og'rishni boshladi, ertalab esa hammasi birga keldi — qayt qilish, hojatxona... va hokazo. Men ham o‘zimni ertalab yomon xis qila boshladim, aptechkada esa faqat loperamid va ikkita paket sorbent bor edi. Ikkalamiz ichdik, diareya ikki soatga to'xtadi, ammo qayt qilishda to'xtamadik. Keyin yana diareya boshlandi, yana o'zimizni yomon his qilishni boshladik. Infeksion kasalxonaga tushib qolamiz, deb qo'rqdim. Dugonamni chaqirdim, u dorixonadan Stopdiar, sorbent va suvning o‘rnini qoplash uchun vitaminlar bilan yana qandaydir eritmalarni ichishni tavsiya qilishgan ekan, shularni olib keldi. Hammasini birga ichdik, va mo'jiza ro'y berdi! Kechka kelib ahvolim ancha yaxshilandi, holsizlik hissi hali bor edi, ammo "hojatlar" ham hali to‘xtamagan edi. Ertasi kuni "hojat" ham yaxshilandi, yana bir kun salgina lohas bo'ldik. Bunday og'ir holatda shunday natija berganidan juda xursand bo'ldim (menda oldin bunchalar og'ir kechmagandi), juda tez yordam berdi. Hammasini birgalikda ichganimiz yordam berdi, deb o'ylayman.

To'liq o'qish
capsuls
Михаил
Отзыв о капсулах Стопдиар
capsuls

Deyarli ertasi kuni katta qizim ham kasal bo'ldi, men ham ularga qo'shildim. O'zimga qo'yar joy topa olmadim, ayolimni chaqirib olish haqida ham o'yladim, O'zim kasal bo'la turib, qizlarimni qanday davolayman, deb o'yladim. Sorbent yordam bermadi, asta-sekin amallab, aptekagacha bordim. Menga Stopdiar ichishni tavsiya qilishdi. Bitta qadog'ini sinab ko'rish uchun olib ko'rdim, aptekachi uchta odamga uchta qadoq kerak bo'ladi, deb aytdi. Yordam berish-bermasligini bilmasdan, bitta olib ko'rdim. Uchchalamiz ichishni boshladik, men va katta qizim kechka kelib, o'zimizni yaxshi his qila boshladik, ertalab umuman kasallik ko'rmagandek edim. Shu paytda birinchi qadoqdagi kapsulalar tugadi, yangisini olib keldim. O'zim yana ikkita kapsula ichib, qolganini qizlarimga berdim. Kun davomida ikkalasi ham yaxshi bo'lib qoldi. Uchinchi qadoq kerak bo'lmadi. Uchta bemorni ikkita qadoq sropdiar bilan davoladik, bir nechta kapsula qolib ham ketdi. Ayolim to'lqonli sog'lom "prayd"ga qaytdi.

To'liq o'qish
capsuls
Qimmat nifuroksazidning o‘rniga yaxshi chiqibdi!
Kitty
Отзыв о капсулах Стопдиар
capsuls

Oldin boshqa nifuroksazid olardik, bu safar esa kichkinamda boshqa "muammo" paydo bo'ldi, keyin forumda onajonlar Stopdiarni maqtayotganligini ko'rib qoldim, ular qimmat nifuroksazidning o'rnini bosishi va ishlatishdan mamnun ekanliklari haqida yozishibdi. Dorixonadan suspenziya olishga borganimda, menga kapsulasini tavsiya qilisdi, kichkinam 7 yoshda, kapsulani aynan 7 yoshdan berish mumkin ekan. Suspenziya mazaliroq, albatta. Ammo kapsulalarni ancha uzoq saqlash mumkin. Sotib oldim sxema bo'yicha (kuniga 3 marta 1 kapsuladan) berdim, 1,5 kunda "muammo" yo'qoldi. Judayam xursandman. Qimmatrog'ida tuzalish uchun sarflangan vaqt bundan kam bo'lmaganligi aniq. Dori vositasini bolam yaxshi qabul qildi (men uchun bu juda muhim, chunki uning allergiyasi bor). Tavsiya etaman!

To'liq o'qish
pills
Men avval suspenziya haqida yozgan edim, shuning uchun tabletka haqida ko'p yozmayman
Мария
Отзыв о таблетках Стопдиар
pills

Stopdiar bilan bolani suspenziya bilan davolashda tanishdim. Natijasi qoniqtirdi, keyin men atayin uning tabletkasini oldim, oiladagi kattalar uchun, har ehtimolga qarshi tursin, dedim. Hozircha kerak bo'lmadi, aptechkada shunday turibdi. Suspenziyaning ta'siria qaraganda, samarali bo'lsa kerak, deb o'ylaman.

To'liq o'qish
pills
Tabletkalarni ikkitadan ichish kerakligi ozgina noqulay
Анатолий
Отзыв о таблетках Стопдиар
pills

Hammasi sarlavhada. Yaxshi dori, ta'siri bor. Ikkitalab tabletka ichish kerakligi men uchun sal noqulay tuyiladi. Ammo ular kichkina, bittada yutib yuboraman.

To'liq o'qish
pills
Yozda kerak bo'ldi
Ivan
Отзыв о таблетках Стопдиар
pills

Dengizga borishdan oldin "yonimizda bo'lishi uchun" olgandik. Afsuski, dengizda kerak bo'ldi. Ammo hammasi "yaxshilik" bilan tugadi. Oldindan olganimiz yaxshi bo‘ldi: Arxipovo-Osipovkada aptekada deyarli 500 rub!!! Men esa Rostovda 180 ga oldim.

To'liq o'qish
pills
Uzoq saqlash mumkin (4 yil)
Маша
Отзыв о таблетках Стопдиар
pills

Qizimdan rotavirus yuqtirganimdan keyin bahorda juda tez yordam berdi. Deyarli 1 kunda ich ketishi to‘xtadi, bitta blisterning yarmidan ko'pi ortib qoldi. Avval kimgadir berib yubosam, deb o'yladim, chunki menda bunday xastaliklar kamdan-kam uchraydi, bu holatni istisno desa ham bo'ladi. Keyin saqlash muddati 4 yil ekanligini ko'rib, aptechkamga solib qo'ydim. Kerak bo'lmaydi, deb umid qilaman, albatta. Har ehtimolga qarshi turaversin.

To'liq o'qish

Where to buy

Onlayn sotib olish va dorixonadan olib ketish, Toshkent shahrida
Stopdiar® ni dorixona tarmoqlaridan xarid qilish:
dori-darmon
grand_pharm
gopharm
ISHLAB CHIQARISH SHAKLINI TANLANG
b1
b4
Suspenziya 2 oydan
b3
b6
Tabletkalar 7 yoshdan boshlab
b2
b5
Kapsulalar 7 yoshdan boshlab
Найдено аптек 200
Стопдиар СУСП 220МГ/5МЛ 90МЛ (Gedeon Richter , Венгрия)
Стопдиар СУСП 220МГ/5МЛ 90МЛ (Gedeon Richter , Венгрия)
Регион
Цена
от
46000
– до